20:03 / 04.12.2016
7413

Brenson kompaniyasi sayyohlar uchun fazo kemasini sinovdan o‘tkazdi

Foto:Virgin Galactic

Fazoga sayohat qilishni istaganlar uchun mo‘ljallangan VSS Unity kemasi SpaceShipTwo negizida barpo etilgan. U o‘zining ilk sinov parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi, deb xabar qilinmoqda milliarder Richard Brensonning Virgin Galactic kompaniyasi saytida.

Brenson o‘z Twitter sahifasida qurilma suratini joylashtirib, «VSS Unity bugungi muvaffaqiyatli parvozidan so‘ng uyiga uchmoqda» degan izohni qoldirgan. 

Virgin Galactic saytida qayd etilishicha, sayyohlik fazo kemasining parvozi 1 soat 20 daqiqa davom etgan, shundan 10 daqiqasida VSS Unity tashuvchidan ajralgan holda erkin parvoz qilgan. Shundan so‘ng, qurilma yerga qo‘ngan. Bu vaqtda, havo kemasi bortida ikki nafar uchuvchi: Mark Stakki va Deyv Makkey bo‘lgan. 

VSS Unity shu yilning fevral oyida Kaliforniyaning Moxav kosmodromida namoyish qilingan edi. O‘shanda u Yerga yaqin orbitaga 2 uchuvchi va 6 nafar sayyohni olib chiqa olishi aytilgan edi. 


 

Mavzuga oid
Top