11:13 / 11.12.2016
5719

Yevrokomissiya rahbari Turkiya bilan muzokaralar to‘xtatilishiga qarshi chiqmoqda

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralaning to‘xtatilishiga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Die Welt xabar bergan.

«Yevroparlamentdagilardan farqli ravishda, men Turkiya bilan muzokaralarni to‘xtatishga qarshiman», — degan Yunker.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya YeIga yaqinlashish yo‘lida. 

Shu bilan birgalikda, Yunkerning aytishicha, Yevrokomissiya ayni vaqtda bu borada muayyan loyiha ustida muzokaralar olib bormayapti.

Bundan avvalgi xabarlarda, GFR kansleri Angela Merkel Turkiyaning YeIga a'zo bo‘lib kirishi tarafdori ekani haqida aytilgandi.

Undan oldinroq, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an YeI o‘z mamlakati uchun yagona variant emasligi, ShHT YeI o‘rnini egallashi mumkinligi haqida aytib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top