10:20 / 13.12.2016
3743

Yaponiya, Janubiy Koreya va XXR sammitining muddati o‘zgartirildi

Foto: asks.ru

Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiyaning uch tomonlama oliy darajadagi sammiti yangi yilga ko‘chiriladi, deya ma'lum qilgan Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida. Ushbu anjuman shu oyda bo‘lib o‘tishi kerak edi. 

"Biz uch tomonlama muzokaralarni joriy yil yakuniga qadar o‘tkazishni rejalashtirgan edik. Ammo, turli holatlardan kelib chiqqan holda, uni kelasi yilda, barcha uchun munosib vaqtda o‘tkazamiz", - degan Kisida. 

Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe, 9 dekabr kuni mamlakat parlamenti unga impichment qo‘llagach, o‘z vazifasidan chetlatilgan edi. Hozirda, mamlakat prezidenti vazifasini bosh vazir Xvan Gyo An bajarmoqda. Prezidentning hokimiyatdan chetlatilishi Konstitutsyaviy sud qaroridan so‘ng, tasdiqlanadi. Qonun bo‘yicha bu jarayonga 6 oygacha muddat ajratiladi. 

 

Top