Jahon | 17:57 / 13.12.2016
9447
1 daqiqa o‘qiladi

Ivanka Tramp bilan uchrashuv uchun ochiq savdolar o‘tkazilmoqda

Foto: AFP

AQShning saylangan prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka bilan uchrashuv imkonini sotib olmoqchi bo‘lgan onlayn-auksion ishtirokchilari lot uchun e'lon qilingan mablag‘ning yarmisini to‘lashga tayyor.

"Ivanka Tramp bilan Nyu-York yoki Vashingtonda kofedan lazzat ol" nomi ostidagi lot CharityBuzz.com saytiga qo‘yilgan. Uni sotishdan tushadigan mablag‘ 50 ming dollar atrofida bo‘lishi mumkin, biroq hozircha eng katta taklif 24 mingni tashkil qildi. 5-13 dekabr kunlarida esa hammasi bo‘lib 15 ta taklif berilgan.

Eng ko‘p mablag‘ni taklif etgan ishtirokchi Nyu-Yorkdagi Trump Tower yoki Vashingtondagi Trump International mehmonxonasida 30-45 daqiqalik uchrashuv imkoniga ega bo‘ladi. Shunisi diqqatga sazovorki, g‘olib nafaqat shaxsiy ma'lumotlari haqidagi maxsus anketani to‘ldirishi, balki Trump Organization kompaniyasi tomonidan tasdiqlanishi ham lozim.

Mavzuga oid