Jahon | 13:00 / 14.12.2016
14336
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: IShID jangarilari Iroq shimolida ommaviy qotillik sodir etishdi

IShID terrorchilik guruhi jangarilari Iroq janubi-g‘arbidagi Kirkuk viloyatining Al-Xuvayja shahrida 28 kishini otib tashlashdi. Bu haqda "As-Sumariya" telekanali xabar bergan.

Uning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar iroqliklarni hukumat kuchlari va kurdlarning "peshmerga" bo‘linmalari bilan hamkorlik va josuslikda ayblab qatl etishgan.

Ma'lumot uchun, Kirkuk viloyatining janubi-g‘arbiy qismlari IShID tomonidan 2014 yilning iyunida egallangan. O‘shandan beri terrorchilar qo‘lida bo‘lgan yerlardan deyarli 150 ming kishi bosh olib chiqib ketdi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid