Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbuldagi terakt ijrochisi kelgan joy ma'lum qilindi
Foto: © REUTERS/ Murad Sezer
10 dekabrda Istanbulda sodir etilgan terakt ijrochilaridan biri Suriyadan kelgan, deb aytdi Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu.
10 dekabrda Istanbul markazida futbol stadioni yonida ikkita kuchli portlash sodir etilgandi. Terakt oqibatida 44 kishi, jumladan 37 politsiyachi halok bo‘lgan. Turkiya hukumati bu hujumda Kurdiston ishchi partiyasini ayblagandi. Keyinroq terakt uchun javobgarlikni "Kurdiston ozodligi qirg‘iylari" kurd radikal guruhi o‘z zimmasiga olgan.
"Istanbuldagi terakt ijrochilaridan biri Suriyadan kelgan bo‘lgan, men bu haqda telefon orqali muloqot davomida AQSh davlat kotibiga ma'lum qildim", deb Chovusho‘g‘luning so‘zlarini keltirib o‘tgan Anadolu axborot agentligi.
Avvalroq Anqara Vashingtonni Suriyadagi kurd Demokratik ittifoq partiyasini qo‘llab-quvvatlashi uchun bir necha marotaba tanqid qilgan. Bu tashkilot Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasi bilan bog‘langan terrorchilik tashkiloti deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:30 / 20.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026