Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriya armiyasi 600 dan ortiq mahbusni "Boko Xaram" asirligidan qutqardi
Foto:© Flickr/ S Martin
Nigeriya armiyasi "Boko Xaram" radikal jangari guruh tomonidan hibsda saqlanayotgan 605 kishini ozod qildi. Mamlakat shimoli-sharqidagi Sambisa o‘rmonida o‘tkazilgan maxsus amaliyot shunday natija bilan yakunlandi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi mamlakat qurolli kuchlari vakiliga tayangan holda.
Maxsus jangovar amaliyoti 7-14 dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan. Maxsus amaliyotlar qo‘mondoni Laki Irabor (Lucky Irabor)ning bayonotiga ko‘ra, ozod qilinganlarning aksariyati ayollar va bolalardir.
"Garovda saqlanganlar surishtiruv ishlari va so‘roq qilish maqsadida politsiya kuzatuvi ostida bo‘ladi", — degan Irabor.
"Boko Xaram" — radikal guruh bo‘lib, asosan Nigeriyada faoliyat yuritadi. Uning jangarilari davlat boshqaruvining g‘arb modeliga qarshi chiqishadi va mamlakat bo‘ylab shariat ahkomlarini joriy qilish uchun kurashadi.
Mavzuga oid
10:40 / 21.01.2026
Turkiyada qamoqdagi o‘zbeklar bilan konsullik suhbati o‘tkazildi
09:57 / 14.01.2026
Venesuela hukumati: qamoqxonalardan 400 dan ortiq mahbus ozod etildi
08:44 / 03.01.2026
Nigeriyada YTH: Entoni Joshuaning haydovchisiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi
12:30 / 26.12.2025