20:41 / 16.12.2016
15988

Musulmonlar Halabdagi voqealar ortida birlashishga chaqirildilar

Islom dunyosi Suriyaning Halabidagi fojia borasida sukut saqlamoqda, deb yozdi Musulmon ulamolari xalqaro ittifoqi rahbari Yusuf al-Karadaviy tvitterdagi blogida.

"Islom davlatlari qani? Ularning hukumatlari qani? Jamoatchilik fikri yetakchilari qani? Ummat qani? Nimaga ular Halabdagi og‘a-inilariga yordamga shoshmayaptilar?", deb yozgan Al-Karadaviy.

Al-Karadaviyning fikricha, musulmonlar Halabda yuz berayotgan voqealar ortida yanada jipslashishlari kerak. U Muhammad payg‘ambarimizning (s. a.v) "dindorlar bir-birlariga nisbatan go‘yoki bir inshootning bir-birini tutib turuvchi qismlariga o‘xshashdirlar", degan so‘zlarini eslab o‘tdi. 

Al-Karadaviy Halabning tinch aholisi bilan birdam ekanligini bildirdi. 

"Sizning dunyoning har bir burchagida birodaringiz bor: Sharqdan G‘arbgacha, Osiyodan Afrikagacha. Ular sizni yolg‘iz qoldirmaydilar", deb yuzlandi Al-Karadaviy Halab aholisiga.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga ko‘ra, Halabdan minglab tinch aholi va muxolifat jangchilari evakuatsiya qilinmoqda.

Halab Suriyaning shimolida joylashgan bo‘lib, mamlakat poytaxti Damashqdan keyin ikkinchi yirik shahri hisoblanadi. Halab Turkiya chegarasidan 40 km uzoqlikda joylashgan.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, Suriyadagi ixtilof davomida 400 mingdan ko‘proq odam halok bo‘lgan, 10 mln dan ko‘proq odam o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan. 4,8 mln kishi Suriya tashqarisida boshpana topgan.

 

Top