00:34 / 17.12.2016
22043

Kosatkalarning akulalarga hujumi videosi olindi

Dron operatori Sleyter Mur Kaliforniya sohillari yaqinida kosatkalar to‘dasining akulalarga hujum qilgani videosini suratga oldi. Video mahalliy nashr Monterey County’ning YouTube-kanalida paydo bo‘ldi.

Voqea urg‘ochi kosatkalar Monterey ko‘rfaziga kirib, u yerda bolalarini ov qilishga o‘rgatayotgan vaqtda yuz bergan.

"To‘satdan kosatkalardan biri butun akulani tishlagancha suv sirtiga chiqdi, akula hali tirik edi", deb aytdi ushbu holat guvohlaridan biri, biolog Ketlin Teylor.

Uning aytishicha, kosatkalar hujumiga bu yerlarda yashovchi yassi boshli akulalar uchragan.

Odatda kosatkalar o‘z o‘ljasini suv ostida yeyishni afzal ko‘radilar, shuning uchun bu holat haqiqiy omad sifatida e'tirof etildi.

Top