Ar-Riyod Halabda insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etilayotganidan xavotir bildirdi
Bugun Suriyaning Halab shahrida yuz berayotgan xunrezliklar ushbu asrda insoniyatga qarshi amalga oshirilgan eng qo‘rqinchli jinoyat hisoblanadi, deb aytildi Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
"Ar-Riyod butun dunyo hamjamiyati ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgan Halabdagi dahshatli xunrezlikni xavotir bilan kuzatmoqda", deyilgan bayonotda.
Bayonotda ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni mintaqaviy, xalqaro ishtirokchilar va do‘stona davlatlar bilan qon to‘kilishini to‘xtatish bo‘yicha aloqalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Bayonotda BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Saudiya Arabistonidagi ko‘zgusimon megashaharni robotlar quradi
15:04 / 22.12.2024
Magdeburgdagi yarmarkaga hujum. Hozirgacha nimalar ma’lum?
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
20:24 / 05.12.2024