23:41 / 19.12.2016
7132

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari firibgarlik ishi bo‘yicha aybdor deb topildi

Foto: AFP

Maxsus fransuz sudi Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagardni firibgarlik ishi bo‘yicha aybdor deb topdi, biroq u javobgarlikka tortilmasligi hukmini chiqardi. Bu haqda xorijiy OAV xabar bermoqda

Lagardga nisbatan sud Parijda 12 dekabrda boshlangandi.

XVJ rahbariga Fransiya moliya vaziri lavozimida ishlagan vaqtda jinoiy mas'uliyatsizlikka yo‘l qo‘yish aybi qo‘yilgan. U tadbirkor Bernar Tapiga 1993 yilda Adidas firmasini sotish bo‘yicha shubhali bitim vaqtida 404 mln yevroni noqonuniy ravishda o‘zlashtirib olishga imkon bergan.

12 dekabrda o‘tgan sud taftishi vaqtida prokuror Jan-Klod Maren "sud yig‘ilishi zaif ayblovni mustahkamlamagani" va Lagardga ayblov hukmining chiqarilishiga qarshi chiqqanini aytgan.

Ayblov xulosasiga qaramasdan, sud Lagardni javobgarlikka tortmaslikka va uni jazolamaslikka qaror qilgan.

Lagardning o‘zi hukm chiqarilishi vaqtida ishtirok etmagan. 16 dekabrdagi yig‘ilishda u "halol va o‘z harakatlarini anglagan holda ish tutganini" aytgan. Uning advokati sud hukmi ustidan shikoyat qilishini aytgan.

 

Top