17:24 / 19.12.2016
18589

Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbariga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga hamdardlik so‘zlari bildirilgan telegramma yo‘lladi.

O‘zbekiston rahbari o‘z maktubida Turkiyaning Kayseri viloyatida sodir etilgan va ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan terrorchilik harakati munosabati bilan Turkiya rahbariyati va butun xalqiga chuqur ta'ziya bildirgan.

O‘zbekiston prezidenti nobud bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini izhor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni  mahalliy vaqt bilan soat 08:45da Erjiyes Universitetiga kiraverishda sodir etilgan portlash oqibatida 13 kishi halok bo‘lib, 56 kishi jarohat oldi.

Top