17:53 / 19.12.2016
6633

Turkiya TIV: Halabdan jami 12 ming tinch aholi evakuatsiya qilindi

Foto: Reuters

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘li o‘zining tvitterida Suriyaning Halab shahridan 12 mingga yaqin tinch aholi evakuatsiya qilingani haqida ma'lum qildi. 

"O‘tgan tundan boshlab to hozirgi vaqtga qadar taxminan 4,5 ming fuqaro shahardan olib chiqildi. Halabdan jami 12 mingga yaqin tinch aholi evakuatsiya qilindi. Ular Suriyaning nazorat ostidagi muxolifat tumanlariga joylashtirildi", - deya izoh berdi Turkiya tashqi ishlar vaziri. 

Halab Suriya shimolida joylashgan bo‘lib, u mamlakatning kattaligi bo‘yicha Damashqdan keyingi ikkinchi shahri hisoblanadi. Halab shahri Turkiya chegarasidan 40 kilometr masofada joylashgan. 

Suriyadagi urush 2011 yilning martida norozilik namoyishlarining harbiy to‘qnashuvga aylanib ketishi natijasida boshlangan - harbiylar namoyish ishtirokchilariga qarata o‘q uzishgan. BMT ma'lumotlariga ko‘ra, qurolli to‘qnashuv chog‘ida 400dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 10 milliondan ziyod kishi o‘z uyini tark etishiga to‘g‘ri kelgan. 4,8 million kishi esa mamlakat tashqarisidan qo‘nim topgan. 

Top