Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston temir yo‘l sohasida hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro temir yo‘l va havo aloqalarini rivojlantirishi zarur, deb aytdi Pokiston temir yo‘llar vaziri Xavaja Sa'd Rafiq O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Furkat Sidiqov bilan uchrashuvda.
Pokiston OAV ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston va Pokiston ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirishi zarurligini ta'kidlab o‘tishgan.
Vazir ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri transport aloqalari savdo aloqalari va ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga yordam berishini ta'kidlab o‘tdi.
Tomonlar, shuningdek, temir yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish va temir yo‘l sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalarini muhokama qilishgan.
Mavzuga oid
10:11 / 13.03.2026
Afg‘oniston Pokistonning Kobulga zarbalari oqibatida qurbonlar borligini ma’lum qildi
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
22:54 / 05.03.2026
Pokiston-«Tolibon» mojarosi: ular nimani bo‘lisha olishmayapti?
15:28 / 02.03.2026