15:55 / 19.12.2016
12519

Video: Ramos va Ronaldu jur'atsiz hakamning ustidan kulishdi

Madridliklar jamoasining ikki yulduzi zambiyalik referini mazax qilishdi.

Kameralar bu ikki futbolchi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finali oxirida suhbatlashib turgan vaziyatni payqagan.

O‘yinning 90-daqiqasida «Real» sardori Serxio Ramosga yaponiyaliklar futbolchisi Mu Kanadzaki o‘zini aylanib o‘tganida uni qo‘li bilan tortib yiqitgandi. Uchrashuvni boshqarib borgan zambiyalik hakam Jenni Sikazue qoidabuzarlik tufayli o‘yinni to‘xtatdi va Ramosga sariq kartochka ko‘rsatish maqsadida cho‘ntagini kavlay boshladi. U madridliklar himoyachisini yoniga chaqirdi, ammo Ramosga sariq kartochka ko‘rsatmaslikka qaror qildi. Ramos bungacha sariq kartochka olgandi va ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatilsa, maydonni tark etishiga to‘g‘ri kelardi. 

Qo‘shimcha bo‘limlarda «Real» g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

O‘yindan keyin Ramos maydon chetida Ronaldu bilan ushbu vaziyatni kulgi bilan muhokama qilgan. U hakam o‘ziga sariq kartochka berishga jur'at qila olmaganini, referi cho‘ntagidan sariq kartochka olib, yana qaytib joyiga solib qo‘yganini qo‘l ishoralari bilan ko‘rsatgan.

Video: Final hakami Ramosni maydondan chetlatishga jur'at eta olmadi

Mavzuga oid
Top