Jahon | 10:46 / 20.12.2016
9602
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Anqaradagi elchixonasi yopib qo‘yildi

Rossiya elchisi o‘ldirilishi ortidan AQShning Anqaradagi elchixonasi yopiladi. Bu haqda amerikaliklar diplomatik missiyasi vakili tvitter orqali xabar bergan.

"AQShning Anqaradagi elchixonasi hamda Istanbul va Adanadagi konsullik binolari yopiladi va odatiy rejimda ishlashni to‘xtatadi", — deyilgan xabarda.

19 dekabr oqshomida AQShning Anqaradagi elchixonasiga ham qurollangan shaxs hujum qilgan va qo‘lgan olingan.

AQSh Davlat departamenti bu ma'lumotni tasdiqlagan. Davlat departamenti vakili RIA Novosti agentligiga bergan ma'lumotida qo‘lida pistolet tutgan shaxs Anqaradagi elchixona hududida bir necha bor o‘q uzgani haqida aytgan. Turkiya hukumati bu jinoyatchini qo‘lga olib, tergov qilishni boshlagan.

Bu Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o‘ldirilishidan bir necha soat o‘tib sodir bo‘ldi. AQShning amaldagi prezidenti Barak Obama, yangi saylangan prezident Donald Tramp va Obama ma'muriyatidagi Davlat kotibi Jon Kerri rus elchisi o‘ldirilishini qoralab chiqqan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid