Rossiya elçisi öldirilişi ortidan AQŞning Anqaradagi elçixonasi yopiladi. Bu haqda amerikaliklar diplomatik missiyasi vakili tvitter orqali xabar bergan.
"AQŞning Anqaradagi elçixonasi hamda Istanbul va Adanadagi konsullik binolari yopiladi va odatiy rejimda işlaşni töxtatadi", — deyilgan xabarda.
19 dekabr oqşomida AQŞning Anqaradagi elçixonasiga ham qurollangan şaxs hujum qilgan va qölgan olingan.
AQŞ Davlat departamenti bu ma'lumotni tasdiqlagan. Davlat departamenti vakili RIA Novosti agentligiga bergan ma'lumotida qölida pistolet tutgan şaxs Anqaradagi elçixona hududida bir neça bor öq uzgani haqida aytgan. Turkiya hukumati bu jinoyatçini qölga olib, tergov qilişni boşlagan.
Bu Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov öldirilişidan bir neça soat ötib sodir böldi. AQŞning amaldagi prezidenti Barak Obama, yangi saylangan prezident Donald Tramp va Obama ma'muriyatidagi Davlat kotibi Jon Kerri rus elçisi öldirilişini qoralab çiqqan.












