Jorj Kluni suriyalik qutqaruvchilar haqida film ishlamoqda
Aktyor va rejissyorlar Jorj Kluni hamda Grant Xeslov suriyalik qutqaruvchilar haqidagi to‘liq metrajli film ustida ishlashmoqda. Bu haqida Deadline nashri xabar berdi.
Kluni i Xeslov – Smokehouse Pictures studiyasidagi hamkorlar. Ular Netflix'ning "Oq dubulg‘alar" hujjatli kartinasiga asoslangan badiiy filmni suratga olishga qaror qilishdi. Film "Suriya fuqarolik mudofaasi" nomi bilan mashhur ko‘ngilli-qutqaruvchilar guruhi haqidadir.
"Oq dubulg‘alar" guruhiga jabrlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi "qurollanmagan va siyosiy betaraf ko‘ngillilar" kiradi. Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Suriyadagi urush davomida ko‘ngillilar 70 mingga yaqin kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishgan va 2,9 ming kishilik tarkibidan 154 nafarini yo‘qotishgan.
Shuni ta'kidlash joizki, Klunining turmush o‘rtog‘i, taniqli advokat Amal Kluni joriy yilning fevral oyida Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashib, Yevropadagi qochqinlar muammosini muhokama qilgan.
Mavzuga oid
23:08 / 17.12.2024
YeI Turkiyada yashayotgan suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun yana 1 mlrd yevro ajratadi
22:54 / 13.12.2024
Avstriya vataniga qaytishni istagan suriyalik qochqinlarga 1000 yevrodan to‘laydi
23:31 / 04.09.2024
YeI suriyalik qochqinlar majburan vataniga qaytarib yuborilishini moliyalashtirmoqda - HRW
17:24 / 11.07.2024