15:13 / 21.12.2016
8494

Politsiyachilar o‘qidan ko‘r bo‘lib qolganlar fototarixi

Hindistonlik askarlarga 2010 yilda norozilik namoyishi ishtirokchilariga sochma o‘qlardan foydalangan holda o‘t ochish ruxsat berildi. Ularni beldan pastki qismni aniq mo‘ljalga olishga o‘rgatishadi, biroq g‘azablangan olomon qarshisida tegishli yo‘riqlarni unutib qo‘yish tabiiy hol. Norozilik namoyishi ishtirokchilarining yuziga qarab otilgan sochma o‘qlar yuzlab kishilarni ko‘rish qobiliyatidan mosuvo qildi. Associated Press muxbiri Bernat Armange Kashmirdagi norozilik aksiyalarini bostirishda jabrlangan Hindiston fuqarolari tarixini bir joyga jamladi.

Insha Mushtak Malik

Foto: Bernat Armangue / AP

Hindistondan ozod bo‘lish uchun kurashayotgan Kashmir separatchilarining yetakchisi Burhon Vani 2016 yilning iyulida halok bo‘ldi. Mintaqada ko‘plab norozilik namoyishlari avj oldi. Ulardan biri Insha Mushtak Malik istiqomat qiluvchi uylardan biriga yaqin yerda o‘tkazilgan. Askarlar kishilarni tarqatishga harakat qilishganda, ular uyning derazalari yonida bo‘lishgan. Hech qanday aybi bo‘lmagan qizning yuziga yuzlab sochma o‘q tegdi. U besh oydan so‘ng har ikki ko‘zidan ayrilgan.

Mosir Fayoz Mir

Foto: Bernat Armangue / AP

Hindiston hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi besh oy davomida Kashmirning olti mingdan ortiq fuqarosi sochma o‘qdan jarohatlangan. Yuzlab insonlar ko‘rish qobiliyatidan ayrildi. O‘n olti yoshli Mosir Fayoz Mir Burhon Vanining o‘limidan keyin yuz bergan norozilik namoyishida jarohatlangan. U qisman ko‘r bo‘lib qoldi hamda qora ko‘zoynaklarni taqib yurishga majbur. Bu jarohatlangan ko‘zlarni yorqin nur hamda changdan asrash maqsadida qilinadi.

Javod Ax-Dar

Foto: Bernat Armangue / AP

Javod Ax-Dar kashmirdagi qishloqlardan birida tashkil etilgan norozilik aksiyasida ishtirok etdi. Hindistonlik askarning otgan o‘qi uning har ikki ko‘zini jarohatlagan. Amnesty International va boshqa huquq himoyasi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilotlar sochma o‘qlardan norozilik namoyishi ishtirokchilarini tarqatib yuborish maqsadida foydalanishni to‘xtatishga chaqirmoqda.

Zuhayb Maqbul

Foto: Bernat Armangue / AP

O‘ttiz yoshli fotojurnalist Zuhayb Maqbul separatchilar aksiyasini suratga olish jarayonida chap ko‘zidan jarohat oldi. U o‘ziga qarata o‘q uzgan askarni payqab qoldi hamda unga fotoapparatni ko‘rsatgan. Biroq askar baribir unga qarata o‘t ochgan. «Men undan buni nimaga qilganini so‘ramoqchi edim», - deydi Maqbul.

Donish Rajab Jot

Foto: Bernat Armangue / AP

Kashmirdagi Srinagar shahrida yashovchi 24 yoshli fuqaro – norozilik namoyishchilarini tarqatishda qo‘llangan shunday “uslub” qurboniga aylangan yana bir shaxsdir. «Mening chap ko‘zim butunlay jarohatlangan, o‘ng ko‘zim bilan esa qandaydir sharpalarni farqlayman, xolos», - deydi Donish Rajab Jot.

Firdavs Ahmos Dor

Foto: Bernat Armangue / AP

25 yoshli Firdavs Ahmos Dorning oilasi uning ishlab topgan puli evaziga yashardi. Hindiston hukumatining namoyishchilarni tarqatish maqsadidagi harakatlari sabab erkak sochma o‘qdan jarohat oldi va butunlay ko‘r bo‘lib qoldi. «Men keksayib qolgan ota-onam, aka-uka va opa-singillarim haqida qayg‘urishim kerak edi. Biroq endi ular mening ahvolimdan g‘ayg‘uda», - deydi u.

Amir Ashraf Xajom

Foto: Bernat Armangue / AP

25 yoshli Amir Ashraf Xajom olti yil avval o‘ng ko‘zidan ayrilgan. Uni hindistonlik askar sochma o‘q yordamida yaralagan.

Suhayl Ahmad Mir

Foto: Bernat Armangue / AP

O‘n yetti yoshli Suhayl Ahmad Mir kashmir separatchilarining yetakchisi halok bo‘lganidan so‘ng tashkil etilgan norozilik namoyishlarida jarohat oldi. Sochma o‘q uning chap ko‘zini butunlay yo‘q qilib yuborgan hamda yuziga ko‘plab jarohatlarni yetkazdi. «Mening hayotimni izdan chiqarishdi. Men endi nima qilaman?», - deydi yigit.

Fayzal Ahmad

Foto: Bernat Armangue / AP

Hind askarining o‘qi Fayzal Ahmadni chap ko‘zidan ayirgan.

Tanvir

Foto: Bernat Armangue / AP

Tanvir ham sochma o‘q tufayli o‘ng ko‘zidan ayrilgan. «Avval men o‘z oilamni boqardim, endi esa o‘zimni xuddi murdadek his qilmoqdaman», - deydi u.

Amir Kabir Bey

Foto: Bernat Armangue / AP

Amir Kabir Bey olti yil avval sochma o‘q tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan.
 

Top