09:47 / 23.12.2016
33095

OAV: IShIDning qonxo‘r jangarilari turk harbiylarini ayovsiz qatl etdi

IShID jangarilari ikki nafar turk harbiysini tiriklayin yoqib yubordi, deb xabar bermoqda Turkish Minute axborot portali.

Portal ma'lumotlariga ko‘ra, harbiylar jangarilar tomonidan 3 hafta oldin Suriyaning shimolidagi Al-Bob shahrida qo‘lga olingan. Ma'lum qilinishicha, jangarilar turk harbiylarining qatl etilishini ijtimoiy tarmoqlardagi o‘ziga yaqin akkauntlarda 22 dekabrda joylashtirgan.  

2015 yil fevralida IShID asirga tushgan Iordaniya harbiy-havo kuchlari uchuvchisi Muaz al-Kasasbaxning qatl etilishi videosini tarqatgandi. Qonxo‘r jangarilar uchuvchini ham tiriklayin yoqib yuborgandi.

 

Top