15:22 / 24.12.2016
14827

Germaniya kanslerini supermarketda uchratishdi

Foto: Karadshow Media

Germaniya kansleri Angela Merkelni Berlin hukumat kvartalidagi Hit Ullrich supermarketida uchratishdi. Siyosatchi Rojdestvo bayramiga atab xaridlarni amalga oshirish uchun uch nafar tansoqchi hamrohligida kelgan.

Germaniyaning Bild nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Merkel sariyog‘, paprika, tvorog, kartoshka, Mon Chéri konfetalari va boshqa mahsulotlarni xarid qilgan. Kantsler hammasi bo‘lib deyarli 100 yevrolik narsalarni sotib oldi. 

OAVning ta'kidlashicha, kansler Berlinda Rojdestvo ta'tillarini o‘tkazish uchun qolmasligi ham mumkin. Siyosatchi turmush o‘rtog‘i bilan Shveytsariyaning Engadin kurort hududiga yo‘l olishi rejalashtirilgan. 
 

Mavzuga oid
Top