17:11 / 26.12.2016
9850

Erdo‘g‘an Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Illyustrativ foto

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va uning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin telefon orqali muloqot qilgan. Turkiya yetakchisi Tu-154 samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan Putinga hamdardlik izhor qilgan. Bundan tashqari, Suriya inqirozi ham muhokama qilingan, deyiladi Kreml ma'muriyati matbuot xizmati xabarida. 

Amaliy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turgan Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyev ham telefon muloqotida ishtirok etgan. 

Top