20:51 / 26.12.2016
8858

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Skrinshot: Oziq-ovqat.uz

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi 366-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “O‘zbekoziqovqatxolding” tizimida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 23 dekabr kunidan boshlab kompaniyaning rasmiy veb-sayti www.oziq-ovqat.uz da “O‘zbekoziqovqatxolding” XK Boshqaruvi Raisining virtual qabulxonasi tashkil etildi.

Mavzuga oid
Top