18:25 / 27.12.2016
30718

Qozog‘istonda Putin haqida postlar yozgan 6 farzandning otasi javobgarlikka tortildi

Foto: nur.kz

Qozog‘istonning Aqto‘be shahri sudi tadbirkor San'at Do‘sovni uch yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bunga uning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida ijtimoiy nizo keltirib chiqarishga urinishi sabab bo‘lgan. Jinoiy ish Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi postlar tufayli qo‘zg‘atilgan.

«Aktobe Tayms»ning ta'kidlashicha, Do‘sov o‘z postlarida Putin «mamlakatni buzayotgani» haqida yozib, rossiyaliklarni «o‘z yerlaridagi fashizmni» to‘xtatishga chaqirgan.

Himoyachining fikricha, Do‘sovning tarmoqdagi sahifasi buzib kirilgan bo‘lishi mumkin.

Taxminlarga ko‘ra, unga qarshi jinoiy ish izohlarda u bilan bahslashgan boshqa qozog‘istonlikning arizasiga ko‘ra qo‘zg‘atilgan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, San'at Do‘sov 46 yoshda bo‘lib, oltita farzandi bor.

Top