09:10 / 27.12.2016
16430

Tramp Obamaning saylov borasidagi so‘zlariga o‘ziga xos usulda javob qaytardi

Foto: REUTERS

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uyning amaldagi yetakchisi Barak Obamaning so‘zlariga izoh berdi. Obama “davlat rahbari uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda ishtirok etganimda, aniq g‘alaba qozongan bo‘lardim” deya gapirgan. Tramp esa o‘z fikrini an'anaviy ravishda Twitter orqali bildirdi.

"Prezident Obamaning so‘zlariga ko‘ra, uning fikricha, meni mag‘lubiyatga uchratar emish. Mening javobim: HeCh QAChON!", - deya yozdi Tramp.

Saylangan prezident demokratlardan nomzod Hillari Klintonning mag‘lubiyatiga nima sabab bo‘lgani haqida ham gapirib berdi. Uning fikricha, bunga tibbiy sug‘urta tizimini isloh qilish, ish o‘rinlarini qisqartirish va IShID jangarilari bilan kurash sababchi ekan.

 

Top