10:58 / 30.12.2016
16886

Medplaza.uz - onlayn tibbiy xizmatlarni band qilish tizimi ishga tushirildi!

Ko‘p hollarda tibbiy yordamga ehtiyoj sezganimizda bizga kerakli bo‘lgan mutaxassislar va diagnostik tekshiruvlar qaysi klinikalarda mavjudligi, tibbiy xizmat narxlari va ma'qul bo‘lgan xizmatlardan navbat kutmasdan foydalanish imkoniyatlari haqidagi savollarga javob izlaymiz. Bu savollarga tanishlarimizdan so‘rab javob olishga harakat qilamiz. Agar murojaat qilish uchun tanish tibbiyot xodimingiz bo‘lmasa, bu savollarga javob topish ancha vaqtni olishi aniq. 

Medplaza.uz portali yukoridagi savollaringizga javob topishda va tibbiy xizmatlarni aniq ma'lumotlar asosida tanlashingizda sizga ko‘makdoshdir. Medplaza.uz - bu shifokorlar qabuli va tibbiy diagnostik usullarni internet yordamida izlash, tibbiy xizmatlar haqida ma'lumot olish va real vaqtda band qilish va onlayn to‘lov o‘tkazish tizimidir.

Ushbu portal bemorlar uchun zarur tibbiy xizmatlar va mutaxassislarni izlash jarayonini osonlashtiradi.

Rasmda saytdagi mutaxassisliklar buyicha shifokorlarni izlash funksionali ko‘rsatilgan

 

Medplaza.uz Sizga:

1. Zarur diagnostik tekshiruvlarni izlash, tekshiruv narxlarini solishtirish, qabul vaqti haqida ma'lumot olish va onlayn band qilish;

Rasmda buyrak ultra tovush tekshiruvlarini izlash natijasi ko‘rsatilgan.

2. Zarur shifokorlarni izlash, tekshiruv narxlarini solishtirish, qabul vaqti haqida ma'lumot olish va onlayn band qilish;

Rasmda saytda oshqozon-ichak kasalliklari bo‘yicha mutaxassislarni izlash natijasi ko‘rsatilgan.

3. Shifokor xizmatlari va diagnostik tekshiruvlariga onlayn to‘lovni amalga oshirish;

4. Geografik joylashuvi bo‘yicha o‘zingizga ma'qul keladigan xizmatlarni izlash imkoniyatini yaratadi.

Shifokorlar va klinikalar uchun bu tizim:

- tibbiy xizmatlarni portalga joylashtirish orqali keng ommaga xizmatlarini yetkazish;

- shifokorlar uchun mo‘ljallangan mobil ilova yordamida avvaldan xizmatlar uchun navbat shakllantirish orqali vaqtdan unumli foydalanish imkonlarini yaratadi.

Rasmda shifokorlar uchun yaratilgan mobil ilovada navbatni shakllantirish funksionali ko‘rsatilgan. 

Portalda foydalanuvchilar tomonidan qoldiriladigan sharhlar bemorlarga shifokor xizmatlarining sifati haqida qo‘shimcha ma'lumot beradi.

Medplaza.uz da yaqin kunlarda yangi bo‘lim - dori vositalari bo‘limi ishga tushadi. Bu bo‘limda Siz ko‘plab dori vositalarining qo‘llanilishi buyicha ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

Ayni kunda Medplaza.uz saytida Salus Vita, Darmon Servis, Delta Diagnostics, Androlog i Ya singari 10 dan ortiq klinika shifokorlari va tibbiy xizmatlari haqida malumot olish va xizmatlarga onlayn yozilish imkoniyatlari mavjud. Hamkor shifokor va klinikalar sonini oshirish ustida keng ko‘lamli ishlar olib borilmokda.

Medplaza.uz dan foydalaning va tibbiyot xizmatlari haqida ko‘proq ma'lumotga ega bo‘ling. Bu ma'lumotlar Sizga vaqtingizni va mablag‘laringizni tejashda va salomatligingizni tiklashda ko‘makchi bo‘ladi.

 Medplaza.uz loyihasi bo‘yicha yuzaga kelgan savollar yuzasidan quyidagi telefonlar orqali ma'lumot olishingiz mumkin:

+998(90) 808-00-69
+998(71) 276-92-64

Reklama huquqi asosida

Top