12:35 / 03.01.2017
12495

Assanj Obama ma'muriyati nimani isbotlashga urinayotganiga izoh berdi

Foto: AP

WikiLeaks xalqaro tashkiloti asoschisi Julian Assanj Fox News telekanaliga bergan intervyusida Obama ma'muriyatining AQShdagi saylov jarayonlariga go‘yoki rossiyalik xakerlar aralashganiga diqqatni qaratayotganiga izoh berdi. 

"Ular shu kabi bayonotlari bilan yaqinda Oq uyga egalik qiladigan Donald Tramp qonuniy saylangan prezident hisoblanmasligini isbotlashga urinishmoqda", - deydi Assanj. 

Shuningdek jurnalist WikiLeaks so‘nggi bir necha oyda, saylovlar oldidan chop etgan Demokoratik partiya hujjatlari rossiyalik xakerlardan olingani to‘g‘risidagi ma'lumotni rad etdi. 

"Bizning manbamiz - davlat emas. Shu bois hamkorlik haqidagi savolga javobim "yo‘q", - deya ta'kidladi Assanj. U hujjatlar manbasini oshkor qilmadi. 

Assanj WikiLeaks maqolalari Amerikadagi prezidentlik saylovlari natijalariga ta'sir ko‘rsatgan yo ko‘rsatmaganligiga oid savolga aniq javob bera olmadi. U faqat Hillari Klintonning mag‘lubiyatiga uning shaxsiy bayonotlari, shuningdek, saylov shtabi rahbari Jon Podestoy va Demokratik partiya milliy qo‘mitasi raisi Debbi Vasserman-Shults tomonidan aytilgan so‘zlar sabab bo‘lganini ma'lum qildi. 

Top