Jahon | 10:36 / 03.01.2017
14957
2 daqiqa o‘qiladi

Facebook asoschisi 2016 yilda ateizmdan voz kechdi

Avval ateist pozitsiyasini tutgan Mark Tsukerberg o‘zi yaratgan ijtimoiy tarmoq orqali dinni dunyo madaniyatining juda muhim qismi, deb hisoblashini ma'lum qildi. 

Yangi yil arafasida u 83 million folloverini Rojdestvo va Xanuka bilan tabriklab, post qoldirdi hamda xabarlar sozlamasida hozirda Qutqaruvchining tavalludini nishonlayotganiga ishora qildi. 

Izohlarda Facebook asoschisi va direktori folloverlardan birining "Siz ateist emasmisiz?" degan savoliga javob berdi.

"Yo‘q. Men yahudiy sifatida voyaga yetdim, keyin shunday payt keldiki, men turli narsalar haqida o‘ylanib qoldim. Biroq endi din - juda muhim ahamiyatga ega ekanligiga ishonaman", - deb yozdi Tsukerberg. 

Shuni ta'kidlash joizki, 2016 yilning 29 avgustida Mark Tsukerberg turmush o‘rtog‘i bilan birga Vatikanga tashrif buyurdi va Frantsisk (papa) bilan uchrashdi, keyin ijtimoiy tarmoqlarda bu uchrashuvni hech qachon unutmasligi haqida yozdi. 31 dekabrda u o‘z akkauntida papaning so‘zlarini tinglayotgani aks etgan qabul suratini joyladi va bu uchrashuv u uchun "ilhomlantiruvchi tajriba" bo‘lganini qayd etdi. 

Tsukerbergning yuqorida keltirilgan posti ostida foydalanuvchilardan biri nima uchun u yaratgan ijtimoiy tarmoq Rojdestvo bilan tabriklamasligi bilan qiziqdi. Tarmoq rahbari suhbatni hazilga burib, "Siz Isoning akkauntiga yozilganmisiz?", deya javob qaytardi. 

Mavzuga oid