18:28 / 04.01.2017
11494

Nursulton Nazarboyev qisqa muddatli ta'tilda ekani ma'lum bo‘ldi

Nursultan Nazarbayev.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev qisqa muddatli ta'tilda, deb xabar beradi Tengrinews.kz mamlakat prezidenti matbuot xizmatiga asosan.

Davlat rahbarining rasmiy saytida prezident qisqa muddatli ta'tilga chiqqani haqida ma'lumot berilgan.

Avvalroq, Nursulton Nazarboyev barcha qozog‘istonliklarni kirib kelgan yangi 2017 yil bilan tabriklab, bu yil "butun Qozog‘iston va har bir qozog‘istonlik uchun o‘zgacha bo‘lishi"ni ta'kidlab o‘tgandi.

"Mamlakatimiz yirik xalqaro tadbirlarni qabul qilib oladi. Olma-otada butunjahon qishki Universiada bahslari o‘tkaziladi hamda unda qatnashish uchun rekord miqdordagi davlatlardan eng yaxshi sportchilar keladi. Ostona esa butun dunyodan tashrif buyuradigan mehmonlarni EXPO "Kelajak quvvati" ko‘rgazmasida kutib oladi. Qozog‘iston BMT Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan a'zosi sifatidagi o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishadi. Bularning barchasi davlatimizga bo‘lgan jiddiy ishonchdan darak berib, uning rivojlanishi uchun yangi rag‘batdir", - dedi Qozog‘iston rahbari.

Shuni ta'kidlab o‘tish lozimki, Ostonada 23 yanvar kuni Suriya bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishi kutilmoqda. Avvalroq Nursulton Nazarboyev Putin va Erdo‘g‘an bilan telefon orqali muloqotda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, Qozog‘iston poytaxtida bunday muzokaralarni o‘tkazish uchun barcha sharoitni yaratishga tayyorligini bildirdi.

Mavzuga oid
Top