09:30 / 05.01.2017
31749

“Qishloq qurilish bank”dan yangi omonatlar

Aktsiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank” O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2009 yil 6 aprelda qabul qilingan “Aholi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarining bo‘sh pul mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta'minlash, bank omonatlari tarkibidagi muddatli va jamg‘armali omonatlar salmog‘ini oshirish maqsadida bir qator yangi omonat turlarini  joriy  etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligi munosabati bilan bank tomonidan milliy valyutada “Qomus” muddatli omonati joriy etilgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan  2017 yilning mamlakatimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan “Qishloq qurilish bank” yangi - “Muloqot” va “Manfaat” omonat turlarini  ham  joriy  qildi. 

“Muloqot” omonatiga milliy valyutada 6 oy muddatga, “Manfaat” omonat  turiga 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va ushbu omonatlarga  hisoblangan  foizlar  har  oyda to‘lab  beriladi.
E'tiborga molik yana bir jihati shundaki, bank tomonidan 8 yanvar – Prokuratura xodimlari kuni munosabati bilan “Huquq himoyachisi” , 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan   “Vatan  himoyachisi”, 25 yanvar kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi tashkil etilganiga 25 yil to‘lishi munosabati bilan “Orzular parvozi”  nomli  milliy valyutadagi yangi  omonat turlari  ham joriy qilindi. 

“Huquq himoyachisi” omonatiga 6 oy, 9 oy, 12 oy muddatga mablag‘lar qabul  qilinadi  va hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi. 
“Vatan  himoyachisi”  omonatiga 1 oy, 3 oy, 6 oy muddatga mablag‘lar qabul  qilinadi  va  hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.
“Orzular parvozi”  omonatiga 12 oy, 24 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi va  hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.

“Qishloq qurilish bank” joriy etgan yana bir yangi omonat turi “Fortuna” deb nomlanib, mazkur omonatga 6 oy va 12 oy muddatga mablag‘lar qabul qilinadi.  Omonatga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi (ushbu omonatga foizlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi  kursi bo‘yicha to‘lab beriladi). 

ATB “Qishloq qurilish bank”  tizimida 2017 yil 1 yanvar  holatiga 39 ta omonat turiga mablag‘lar jalb qilinmoqda va bankning jami omonatchilari soni 77627 nafarni va ularning bankdagi qo‘yilmalari (uy-joy mablag‘larisiz) 220,181  mlrd.  so‘mni  tashkil  qilmoqda. 

Bank tomonidan chakana xizmatlar bozoridagi faoliyatini doimiy kengaytirib borish, mijozlarning bank faoliyatiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash choralari ko‘rib kelinmoqda. Qonun bilan kafolatlangan bankka qo‘yilgan omonatlarning sir tutilishi va meros huquqi himoyasi doimiy nazoratda. Omonat hisobvaraqlari, depozit sertifikatlari bo‘yicha olinadigan daromad va yutuqlar barcha turdagi soliqlardan ozod qilingan va ularning to‘liq hajmda qaytarilishi  davlat  tomonidan kafolatlangan. 

Depozitlar bo‘yicha operatsiyalar bank siri sifatida tasniflanib, unga qat'iy rioya  qilinishi  ustidan  tegishli nazorat o‘rnatilgan. Omonatlarga qo‘yilgan mablag‘lar belgilangan muddatlarda omonatchilarning  birinchi  talabi  bilan  qaytarib  beriladi.

“Qishloq  qurilish  bank”   -  farovon  hayotingiz  xizmatida!
Murojaat  uchun:  (+99871) 150-72-58, 150-39-93,  www.qqb.uz

Bank  axborot  xizmati
Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top