19:47 / 05.01.2017
13078

Olimlar haroratning global isishini tasdiqlashdi

Foto: AFP

1998-2014 yillarda global isishga doir berilgan hisobot yolg‘on bo‘lib chiqqandi. Chorshanba kuni chop etilgan Amerika-Britaniya tadqiqotlariga muvofiq, okeanning isishi haqidagi tadqiqot natijalari tasdiqlandi.  Bu haqida Daily Sabah nashrida xabar berildi

Kaliforniya, Berkli va York universiteti (Angliya) olimlari Milliy okean va atmosfera ma'muriyatining (NOAA) 2015 yilgi ilmiy-tadqiqoti natijalarini tasdiqlashdi. Ilm-fan yutuqlariga bag‘ishlangan Science jurnalida tadqiqot natijalari taqdim etilgandi. 

Yangi xalqaro tadqiqot okean haroratiga doir sputnik va dengiz ma'lumotlarini o‘rganib chiqdi. Har ikkala o‘lchov tizimi ham so‘nggi 20 yilda haroratning oshganini qayd etdi. 

NOAA olimlari okeanlar 2000 yildan buyon Tselsiy bo‘yicha 0,12 darajaga isigani haqida ma'lumot berishdi, bu esa undan avvalgi baholardan (0,07) ikki barobar yuqori natijadir. 

Manbaga ko‘ra, olimlar bu tadqiqotlarni tekshirishda turli usullar va ma'lumotlardan foydalanishgan. Ta'kidlash joizki, Yaponiya meteorologik agentligining so‘nggi ma'lumotlari ham NOAA tadqiqotlarining to‘g‘ri ekanligini tasdiqlagan.    

 

Mavzuga oid
Top