18:27 / 06.01.2017
10163

“Qarshi–Dehqonobod” temir yo‘l uchastkasining 90 kilometri elektrlashtirildi

Foto: railway.uz

Yangi yil arafasida “Qarshi-Dehqonobod” temir yo‘l uchastkalarida 90 kilometrlik masofada elektrlashtirish ishlari to‘liq yakunlandi. Bu jarayonga 2016 yilning sentabr oyida kirishilgan, deb xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.

Bu “Qarshi–Termiz” uchastkasida elektrlashtirish bo‘yicha loyihaning bir qismi bo‘lib, umumiy uzunligi 325 kilometrni tashkil etuvchi yo‘nalishda elektr-montaj ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayapti. Uning yakuniga ko‘ra, soha xodimlari endilikda temir yo‘llarni to‘liq elektrlashtirish va aksariyat hududlarda elektropoyezdlar harakatini tashkil qilish, yuk va yo‘lovchi tashishda samaradorlikka erishishga harakat qilishmoqda. 

Temir yo‘lni elektrlashtirishda ishlatilayotgan asosiy ehtiyot qismlari O‘zbekiston korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “1–sonli energomontaj poyezdi” unitar korxonasi tomonidan 2000 ta temir-beton ustunlar, 1800 ta konsol, 167 ta metall ko‘ndalang kesmalar, 224 kilometrlik kontakt tarmoqlari qurib bitkazildi. 

“Qarshi–Dehqonobod” temir yo‘l uchastkasidagi elektr-montaj ishlari 2017 yilda to‘liq yakunlanadi.

Top