Jahon | 11:49 / 06.01.2017
6070
2 daqiqa o‘qiladi

Kuba amerikaliklar kompaniyasi bilan 50 yil ichida ilk marta eksport shartnomasi tuzdi

Kuba hukumati 50 yil ichida ilk marta AQSh bilan eksport shartnomasi imzoladi va bu mamlakatga Kubadan qonuniy yuk yuborildi.

Reyter agentligi ma'lumotiga ko‘ra, AQShga 17 ming dollar evaziga 40 tonna ko‘mir eksport qilingan.

"Bu ilk shartnoma, ammo biz o‘zaro munosabatlarimiz ko‘p yillar davomida rivojlanib borishi hamda ko‘mirdan boshqa mahsulotlar ham, masalan, asal yoki kofe eksporti amalga oshirilishiga umid qilamiz", degan Cubaexport kompaniyasi direktori Izabella O’Raylli.

AQSh va Kuba 2014 yilning oxirida munosabatlarni iliqlashtirish bo‘yicha ishlar boshlangani haqida e'lon qilgandi. O‘tgan vaqt ichida ikki davlat rahbarlari diplomatik aloqalarni tikladi, 2015 yilda AQSh prezidenti Barak Obama Kuba poytaxti Havanaga tashrif bilan keldi hamda AQSh Kubaga nisbatan qo‘llangan bir qator sanksiyalarni yumshatdi. Shu bilan birgalikda yarim asr davomida amalda bo‘lgan savdo embargosi hamon saqlanib qolmoqda.

Mavzuga oid