14:14 / 10.01.2017
7119

Britaniyaning BAFTA mukofoti nomzodlari e'lon qilindi

Foto: Getty Images

Britaniyaning kino va televizion san'at akademiyasi  (BAFTA) o‘z mukofoti nomzodalarini e'lon qildi. Bu haqida Variety nashri xabar berdi. 

Bosh triumfator 11 mukofotga nomzodi qo‘yilgan "La-La Lend" musiqiy filmi bo‘lishi kutilmoqda. "Manzil" va "Tun og‘ushida" lentalari to‘qqiztadan nominatsiyaga ega. "Dengiz bo‘yidagi Manchester" filmida esa 6 mukofotni qo‘lga kiritish imkoni mavjud.

"Vijdon amri bilan", "Fantastik hayvonlar va ular qayerda yashaydi", "Arslon" hamda "Men, Deniyel Bleyk" kartinalarining har biri 5tadan yo‘nalishda qayd etilgan. "Oy shu'lasi" va "Florens Foster Jyenkins" to‘rttadan mukofotga nomzodlik qilishmoqda. 

Aktyorlar orasidan Endryu Garfild, Keysi Afflek, Jyeyk Jillenxol, Rayan Gosling, Viggo Mortensen, Emi Adams, Emili Blant, Emma Stoun, Meril Strip va Natali Portman nomzodlari qayd etilgan. 

Mukofotni topshirish marosimi 2017 yilning 12 fevralida London shahrida bo‘lib o‘tadi. 
 

Top