Qizi olib qo‘yilgan o‘zbekistonlik ayolning ishi qayta tergov qilishga qaytarildi
Moskva shahrining Kuntsevo sudi huquq-tartibot muassasalari bir yoshli qizini tortib olgan o‘zbekistonlik ayol Nilufar Mamasaidovaning Rossiyadan deportatsiya qilinishi ishi materiallarini politsiyaga qaytarib berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Sud materiallarni yetarlicha hajmdagi isbotlar yo‘qligi sababli politsiyaga qaytarib berdi", deb aytdi sud matbuot kotibi.
Avvalroq OAVda Moskva ichki ishlar boshqarmasining "Kuntsevo" bo‘limi xodimlari dekabr oxirida Mamasaidovaning yashash manzili bo‘yicha kelib, uning qizini ayolda shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar yo‘qligiga asoslanib olib ketishgani haqidagi ma'lumot paydo bo‘lgandi.
O‘z navbatida, Moskva ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatida politsiya xodimlari qizchani olib ketishmagani, u yuqori harorat bilan shifoxonaga yotqazilgani ma'lum qilingan.
Rossiya prezidenti huzuridagi bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Anna Kuznetsova o‘zbekistonlik ayolga farzandini qaytarib berish uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini aytgandi. Uning aytishicha, hozirda qizcha yuqumli kasalliklar shifoxonasida yotibdi va uning onasi hujjatlarni rasmiylashtirgandan keyin uning yoniga tashrif buyurishi mumkin.
O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi qizi tortib olingan ayolga yordam bermoqda
O‘zbekistonlik ayol hali-hanuz farzandi bilan ko‘risha olmayapti
Farzandi tortib olingan o‘zbekistonlik ayol masalasi yaqin kunlarda o‘z yechimini topishi kutilmoqda
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024