Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi şahar politsiyaçilari tomonidan bir yoşlik qizi tortib olingan Nilufar Mamasaidovaning şaxsiy ma'lumotlarini tasdiqladi. Bu haqda RIA Novosti ayolga huquqiy yordam körsatayotgan Bahrom Ismoilovga asosan xabar berdi.
Avvalroq Moskva şahar huquq-tartibot idoralari öğirlik qurboniga aylangan özbekistonlik Nilufar Mamasaidovaga yordam beriş örniga, uning bir yoşli qizçasini tortib olib, özini hibsda saqlaşayotgani haqida xabar berilgandi.
"Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi konsullik bölimi beşinçi yanvar kuni pasport ma'lumotlarini tasdiqlovçi maxsus hujjat taqdim etdi. Hammasini tezkorlik bilan amalga oşirişdi", - deb xabar berdi Ismoilov. Uning sözlariga köra, Özbekiston elçixonasi "bu masalaga jiddiy kirişdi va u bugun har tomonlama hal qilinişi kerak".
Rossiya prezidenti qoşidagi bola huquqlari böyiça vakil Anna Kuznetsovaning ma'lum qilişiça, Özbekiston fuqarosiga farzandini qaytariş uçun barça kerakli şaroitlarni yaratiş lozim. Uning qöşimça qilişiça, bola hozirda yuqumli kasalliklar şifoxonasida davolanmoqda va onasi hujjatlar rasmiylaştirilganidan söng qizini körişi mumkin böladi.
Ismoilovning sözlariga köra, Nilufar asli Andijondan bölib, Moskvada ikki yildan beri yaşaydi, qizi ham Rossiya hududida dunyoga kelgan. Uning turmuş örtoği Özbekistonga çiqarib yuborilgan. Ayolning oilasida uning Özbekistonga qaytişiga yordam beriş uçun moliyaviy imkoniyati yöq ekani aytilmoqda. 2016 yilning 25 dekabr kuni Mamasaidova uyiga öğrilikka tuşgan jinoyatçilar uning hujjatlarini öğirlab ketişgan. Şu kunning özida jabrdiyda Moskva IIV Kuntsevo tumani IIBga hujjatlari öğirlangani yuzasidan murojaat qilgan.
Huquq himoyaçisining sözlariga köra, tuman IIB xodimlari, jinoyatçilarni topiş örniga Özbekiston fuqarosidan uning farzandini tortib olişga qaror qilgan. Ular bolaning ayolga tegişli ekaniga oid hujjatlar yöqligini rökaç qilişgan.












