Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi Özbekiston fuqarosi Nilufar Mamasaidovaga farzandini qaytarişda yordam bermoqda. Bu haqida diplomatik missiya xabariga tayanib, RIA "Novosti" ma'lum qildi.
"Konsullik bölimi bu masala bilan yaqindan şuğullanib, Rossiya hukumati hamda içik işlar organlari bilan aloqa örnatdi. Öylaymanki, şu kunlarda bu masala öz yeçimini topadi. Bilişimça, konsullik xodimlari Mamasaidova bilan uçraşib, uning nomiga vaqtinçalik hujjat rasmiylaştirişgan. Uşbu muammoni hal qiliş uçun barça zarur çoralar körilmoqda", - dedi agentlik suhbatdoşi.
Bundan avval Moskva IIVning "Kuntsevo" bölimi xodimlari özbekistonlik Nilufar Mamasaidovaning farzandini şaxsni tasdiqlovçi hujjatlar yöqligi sabab tortib olişgani haqida xabar berilgan edi.
Öz navbatida, poytaxt IIV matbuot xizmatida politsiya özbekistonlik fuqaroning 1 yoşli farzandini tortib olmagani aytilgan. Ularning ma'lumotiga köra, qizça yuqori harorat bilan şifoxonaga yetkazilgan.
RF prezidentining bolalar huquqi böyiça vakolatçisi Anna Kuznetsova Özbekiston fuqarosining farzandini qaytariş uçun barça şaroitlarni yaratiş zarurligini ta'kidlagan. Ombudsmenning sözlariga köra, qizça hozirda yuqumli kasalliklar şifoxonasida bölib, onasining hujjatlari tayyor bölişi bilan u qizini körişi mumkin.













