"Kuntsevo" IIB xodimlari özbekistonlik Nilufar Mamasaidovadan 1 yoşli qizini tortib olişgani haqida xabar berilgan edi. Qizça mana 12 kundirki, Moskvadagi 1-sonli şahar şifoxonasining yuqumli kasalliklar bölimida bölib, ona parvarişiga muhtoj. Bu haqida Nilufarning advokati Bahrom Ismoilov ma'lum qildi. 

Advokatning sözlariga köra, politsiya xodimlari qizçani qarovsiz qolgan bola sifatida qayd etişgan va şunga doir hujjat tuzişgan hamda şu hujjat asosida bolani şifokorlar qöliga topşirişgan.  

Dastlab şifokorlar Nilufarga şaxsini tasdiqlovçi hujjatlar bilan kelgan taqdirda, bolasi bilan körişişi mumkinligini aytişgan. U Özbekiston elçixonasi tomonidan berilgan ma'lumotnoma bilan şifoxonaga kelgan, biroq şifokorlar baribir onaga bolani  körsatişmagan. 

"Bolani qaytariş va u bilan muloqot qilişga qarşilik qilişdi, zero hujjatlarda bolaning göyoki qarovsizligi tufayli tortib olinganligi qayd etilgan. Ularga köra, bola ota-onasiz topilgan, bu esa haqiqatga umuman töğri kelmaydi, çunki Özbekiston fuqarosi politsiyaga bola bilan birga kelgan. Şunga qaramay, hujjat yolğon ma'lumotlar asosida tuzilgan. Endi esa ayol uşbu hujjatni bekor qilişga erişiş uçun vasiylik organlari xulosasini kutişga majbur", - deya izoh beradi Ismoilov Facebook sahifasidagi OAV uçun qoldirgan bayonotida. 

Vaziyat bilan yaqindan taniş bölgan mustaqil jurnalist Sohiba Hayitboyevaning sözlariga köra, qizça ona parvarişiga muhtoj, çunki Nilufar qizini ona suti bilan boqqan. 

Uning sözlariga köra, jurnalist bolaning ahvolini biliş maqsadida şifoxonaga şifokor Fotima Böronova hamrohligida borgan, biroq şifokorlar hatto unga ham bolani körsatişmagan. Nilufarning turmuş örtoği Rossiyadan deportatsiya qilinganligi tufayli depressiya holatida ekanligi qayd etilgan. Ayolning özi esa bola bilan körişiş imkonining yöqligi sabab doimiy ruhiy bosim ostida. 

"Nahotki, bola kimning farzandi ekanini aniqlaş mumkin bölmasa? Nilufar menga telefonida bolaning tuğilgan paytidan boşlab, to bugungi kungaça bölgan davrdagi suratlarini körsatdi. DNK tahlili orqali aniqlaş mumkin-ku, axir", - deydi Sohiba Hayitboyeva. 

Jurnalistning sözlariga köra, bugun Nilufarning advokati şu masalada prokuraturaga murojaat qilib, bolani onasiga qaytariş uçun imkon boriça harakat qiladi. 

Bundan avvval asli andijonlik bölgan Nilufar ikki yildan beri Moskvada yaşayotgani va uning farzandi Rossiya hududida tuğilgani haqida xabar berilgandi. 2016 yil dekabr oyining oxirida hujjatlar yöqolganini bilgan ayol Kuntsevo tumanidagi IIV bölimiga şu masala böyiça murojaat qilgan.