14:51 / 11.01.2017
3691

Eng ekologik kompaniyalar reytingi taqdim etildi

Greenpeace texnologik korporatsiyalarning ekologik  reytingini taqdim etdi. Uni tuzishda qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish, energiya iste'moli samaradorligi, energiya siyosatining shaffofligi kabi jihatlar inobatga olindi. 

Eng ekologik korporatsiya sifatida eng yuqori baho (A) Apple'ga berildi. Uning sof energiya indeksi 83 foizni tashkil qildi. Bundan tashqari, reyting mualliflari tabiiy gaz, ko‘mir va atom elektrostansiyalari ulushini hisoblab chiqishdi. 

Ikkinchi o‘rinda 67 foiz sof energiya indeksi bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘i joylashdi. Uchinchi o‘rinni 56 foiz indeks bilan Google egalladi. 

Eng yomon baho (F) Xitoyning internet-gigantlari Baidu va Tencent'ga berildi. Ular haddan tashqari ko‘p ko‘mir stansiyalaridan foydalanishadi - 67 foizdan. Ikki kompaniyaning ham sof energiya ulushi atigi 24 foizni tashkil qiladi.  

Netflix, Amazon va Samsung kabi kompaniyalar ham u qadar yuqori bahoga ega bo‘lishmadi - D, C va D. 

Mavzuga oid
Top