Toshkent shahrida 2017 yil uchun soliqlar va yig‘imlar stavkasi tasdiqlandi
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2016 yil 29 dekabrdagi 143/18-5-sonli qarori bilan Toshkent shahri bo‘yicha 2017 yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari tasdiqlandi. Bu haqida Norma.uz saytida xabar berildi.
Mazkur stavkalarning 2016 yildagiga nisbatan o‘zgarishi qiyosiy jadval asosida taqdim etildi.
Yuqorida keltirilgan qiyosiy jadvaldan ko‘rinib turibdiki, o‘zgarishlar benzin va dizel yoqilg‘isi iste'moli uchun undiriladigan soliq stavkalariga daxl qilgan. Suyultirilgan va siqilgan gaz iste'moli uchun undiriladigan soliq stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi.
AYoQSh orqali benzin va dizel yoqilg‘isi sotishda iste'mol uchun undiriladigan soliq 1 litr hisobidan, qolgan hollarda esa 1 tonna hisobidan kelib chiqib, hisoblab chiqariladi. 2017 yildan ushbu tartib suyultirilgan gazni sotishda ham qo‘llanadi.
Ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘im stavkalari 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi. Bunda yig‘im yil mobaynida eng kam ish haqi miqdori o‘zgarishidan qat'i nazar, yil boshida o‘rnatilgan EKIH miqdoridan kelib chiqib to‘lanadi. Bu SKning 347-moddasiga kiritilgan o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
2017 yil 1 yanvar holatiga eng kam ish haqi miqdori – 149 775 so‘mni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, ilgari yil mobaynida EKIH miqdori o‘zgargan taqdirda soliq to‘lovchilar ushbu yig‘im turi bo‘yicha aniqlashtirilgan hisob-kitobni taqdim etishlari, shuningdek, byudjyetga bo‘nak tariqasida to‘langan yig‘imlardagi tafovutni to‘lashlari shart edi.
Hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi va yig‘imni to‘lash muddatlari o‘zgartirilmadi:
yig‘im har oyda hisobotdan keyingi oyning 25 - sanasidan kechiktirmay to‘lanadi;
yig‘im bo‘yicha hisob-kitob faoliyat amalga oshiriladigan joydagi DSIga har yili, hisobot yilining 15 yanvarigacha taqdim qilinadi. Yil mobaynida tegishli ruxsat guvohnomasini olgan soliq to‘lovchilar ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 10 kundan kechiktirmay hisob-kitobni topshirishlari kerak.
Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im stavkasi 2016 yilgi darajada saqlanib qolindi.
Eslatib o‘tamiz, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha pulli xizmatlarni tuman (shahar) hokimining mazkur maqsad uchun yer maydoni ajratilgani to‘g‘risidagi ruxsatnomasi majburiy mavjud bo‘lgan taqdirda, faqat yuridik shaxslar ko‘rsatishlari mumkin.
Xizmatlar ko‘rsatish, ruxsatnoma olish va soliq solish tartibi Avtomototransport vositalarini doimiy va vaqtincha saqlash joylarini tashkil etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom (Vazirlar Mahkamasining 31.07.2013 yildagi 213-son VMQga ilova) bilan tartibga solinadi.
Mavzuga oid
18:20 / 16.12.2024
Damasʼdan Kia Sonetʼgacha: “Halol Avtolizing”chilar yuzlab odamni aldagani ma’lum bo‘ldi
12:06 / 16.11.2024
“Biz to‘g‘ridan to‘g‘ri zavod bilan ishlaymiz”: Toshkentda 16 kunlik firma odamlarni “halol lizing”ga mashina olib berishga ishontirmoqda
16:21 / 11.11.2024
Toshkent shahri havosini eng yomon deb ko‘rsatgan stansiya buzilib qoldi
14:14 / 24.10.2024