Jamiyat | 14:47 / 13.01.2017
3949
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston aviakompaniyasi faqat ayollar uchun maxsus o‘rinlarni joriy qiladi

foto: AP

Hindistonning Air India milliy aviakompaniyasi o‘z aviaparvozlarida faqatgina ayollar uchun mo‘ljallangan o‘rinlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Hindu nashri yozmoqda.

Shunday qilib, yolg‘iz ketayotgan ayol yo‘lovchilarga tejamkor salonida yonma-yon joylashgan 6 ta o‘rindan joy taqdim etiladi. Ularni qo‘shimcha to‘lovlarsiz bron qilish mumkin bo‘ladi. 

Air India rahbariyatining izoh berishicha, ular o‘z mijozlarining qulayligi va xavfsizligi nuqtainazaridan shunday qaror qabul qilishgan. Oneindia portaliga ko‘ra, yangilik 18 yanvardan kuchga kiradi. 

Hozirda, Hindistonda faqat ayollar uchun mo‘ljallangan joylar, avtobuslar, poyezd va metrolarda bor. Biroq, samolyotlarda bunday amaliyot Hindistonda va dunyoda ilk bora qo‘llanilmoqda. 

Mavzuga oid