Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 2017 yilda yo‘lkira haqi oshirilmaydi
“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi joriy yilda jamoat transporti yo‘lkira haqini oshirish rejalashtirmayapti, deb xabar berdi aksiyadorlik kompaniya boshqaruv raisi Otabek Sodiqov. Bu haqda “Sputnik” ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya faoliyati samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimizatsiya qilish natijasida narxlar oldingi darajada qoldirilgan.
“Soliqlar va yonilg‘i narxi oshishiga qaramasdan, biz bugungi kunda joriy yilda yo‘lkira haqini oshirish rejalari yo‘qligini aytishimiz mumkin”, - deb ta'kidlab o‘tdi Sodiqov.
Ma'lumot uchun, Toshkent jamoat transportida yo‘lkira haqi o‘tgan yilning 1 aprel kuni oshirilgandi. O‘shanda narxlar 20 foizga oshgan. Odatda, poytaxt ma'muriyati jamoat transporti yo‘l haqini 1 apreldan oshiradi. Shu bilan bir qatorda, 2015 yilda narxlar oshirilmagan edi.
Yaqin yillar davomida esa poytaxt jamoat transporti tizimi jiddiy ravishda o‘zgartirilishi belgilangan. Shu tariqa, Toshkentda 80ta yangi yo‘nalish tashkil qilish va samarasiz yo‘nalishlarni o‘zgartirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
11:58
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
23:01 / 13.12.2025
O‘tgan 10 kun ichida avtobuslarda chiptasiz yurgan qariyb 3 ming yo‘lovchi jarimaga tortildi
17:24 / 13.12.2025
Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida harakat bir oyga cheklanadi
15:22 / 13.12.2025