Jahon | 00:03 / 29.01.2017
7232
1 daqiqa o‘qiladi

Eron Trampning migratsiya taqiqloviga javob choralar ko‘rishga va'da berdi

Tehron AQSh prezidenti Donald Trampning AQShga 7 ta musulmon davlat fuqarolarining kirishini cheklovchi qarorini "musulmon dunyosining ochiqchasiga haqorat qilinishi" deb atadi va javob choralari qabul qilishga va'da berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

"Eron Trampning taqiqloviga javoban tegishli diplomatik, huquqiy va siyosiy choralarni qabul qiladi", deyilgan hujjatda.

Avvalroq 7 ta musulmon davlatining (Sudan, Liviya, Somali, Siriya, Eron, Iroq, Yaman) AQSh grin-kartasiga ega va AQShga maxsus hujjatlarsiz kirishi taqiqlangan fuqarolari Trampning migratsiya siyosati ostiga tushishlari ma'lum qilingandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid