Tehron AQŞ prezidenti Donald Trampning AQŞga 7 ta musulmon davlat fuqarolarining kirişini çeklovçi qarorini "musulmon dunyosining oçiqçasiga haqorat qilinişi" deb atadi va javob çoralari qabul qilişga va'da berdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Eron Trampning taqiqloviga javoban tegişli diplomatik, huquqiy va siyosiy çoralarni qabul qiladi", deyilgan hujjatda.
Avvalroq 7 ta musulmon davlatining (Sudan, Liviya, Somali, Siriya, Eron, Iroq, Yaman) AQŞ grin-kartasiga ega va AQŞga maxsus hujjatlarsiz kirişi taqiqlangan fuqarolari Trampning migratsiya siyosati ostiga tuşişlari ma'lum qilingandi.












