Jahon | 15:25 / 05.02.2017
7701
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda 19 kishi qor ostida qolib halok bo‘ldi

Afg‘onistonda yog‘ayotgan kuchli qor kamida 19 kishini hayotdan olib ketdi. Reuters agentligi xabariga ko‘ra, mamlakat shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyati hududida tabiiy ofat tufayli 17 kishi jarohatlangan holda shifoxonaga olib ketilgan.

Odamlar tog‘ ko‘chkisi oqibatida uylarni qor bosib qolishi hamda yo‘llarda muzlash tufayli ro‘y bergan YTH oqibatida halok bo‘lishgan. Mamlakat markazidagi asosiy magistral kuchli qor tufayli yopilgan.

Afg‘oniston poytaxti Kobul shahriga ham kuchli qor yog‘moqda. Hukumat ofislari yopilgan. Badaxshon viloyati hududida 12 tuman tashqi dunyodan butkul uzilgan, qutqaruvchilar yo‘llarni tozalashga urinmoqda.

Kobul-Qandahor yo‘lida 250ga yaqin avtomobil va avtobuslar to‘xtab qolgan. Bu yo‘lni 2 metr qalinlikdagi qor qoplagan.

Bundan oldinroq, Pokistonda qor ko‘chkisi oqibatida 14 kishi halok bo‘lib, o‘ndan ortiq kishi jabrlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid