Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytdagi yangi opera teatrida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Kuvaytdagi Shayx Jobir al-Ahmad al-Kuvayt madaniy markazi yoki Kuvayt opera teatri nomi bilan mashhur binoda yirik ommaviy yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida GulfNews nashrida xabar berildi.
Kuvayt axborot agentligi qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot bermadi.
Kuvayt yong‘inga qarshi xizmat ekipaji yong‘inni o‘chirishga muvaffaq bo‘lganligi ma'lum qilindi.
Manbaga ko‘ra, yong‘in muhandislar xonasida boshlangan va o‘t o‘chiruvchilar uni o‘chirishning uddasidan chiqishgan.
Mamlakat IIVda yong‘in natijasida qurbonlar bo‘lmaganligi tasdiqlandi.
Mazkur teatr 2016 yilning oktabrida amir, shayx Sabah al- Ahmad as-Sabah tomonidan ochib berilgan. Opera teatri 2000 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Ma'lumotlarga ko‘ra, uni bunyod etish ishlariga 775 million dollar sarflangan.
Mazkur madaniy markaz taqdimotida italiyalik tenor Andrea Bochelli, kuvaytlik bir qator qo‘shiqchi, artist va ijrochilar ishtirok etishgan.








Mavzuga oid
11:45 / 03.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
16:27 / 02.03.2026
Kuvaytda AQShning 3 ta samolyoti quladi
19:34 / 01.03.2026
Baxtiyor Saidov Fors ko‘rfazi mamlakatlari tashqi ishlar vazirlari bilan muloqot qildi
10:20 / 21.02.2026