12:38 / 07.02.2017
6662

Kremniy vodiysida robotlar tansiq pishiriqlar tayyorlamoqda

Pitstsalar ishlab chiqaruvchi robotlashtirilgan Marta liniyasi — Zume Pizza kompaniyasining muhim va kerakli xodimi. U oshxonada odamlarga sous tayyorlashda va uni pitssaning barcha yeriga bir xil miqdorda surtib chiqishga yordam beradi, keyin esa pitssalarni pechdan olishga ko‘maklashadi. Darvoqe, pitssalar mijozlarga buyurtmani eltib beruvchi yuk mashinalariga "yetkaziladi". Har bir pitssa yetkazib berish vaqtiga muvofiq ma'lum rejimga sozlangan alohida tandirli shkafda bo‘ladi. Oshxonadagi kishilar soni to‘rtta — ular masalliqlarni joylashtirish, o‘rash va kesish bilan shug‘ullanishadi. 

Biroq bu to‘rt nafar ishchi bilan ham tez orada xayrlashishga to‘g‘ri kelsa kerak, sababi robotlar charchoq bilmay, uxlamay, barcha ishni to‘g‘ri bajaradi. Shuningdek, ular kompaniya xodimlarning oshib boradigan maoshiga sarflaydigan harajatlarni ham yetarlicha tejaydi. Zume Pizza haydovchisi boshqa pitssa tayyorlovchi va yetkazib beruvchi restoranlarga nisbatan ikki barobar ko‘proq maosh oladi. Bundan tashqari, ishxona ishchilariga sug‘urta va malaka oshirish uchun qo‘shimcha haq to‘laydi. Kompaniya oshxonasida yangi robotlar paydo bo‘lsa, kishilar boshqa lavozimga ko‘tariladi. "Aqlli temirlar" pitssa tayyorlashning barcha jarayonini o‘z qo‘liga oladi.

Hozirda startap rahbariyati yaqin oylarda xamirni qorib, yoyib, tayyor holga keltira oldigan robotlar topishiga ishonmoqda. Bu holda Zume Pizza ishchilari kerakli miqdordagi masalliqlarni tayyorlab, retseptlar tuzish bilan shug‘ullanadi. Biroq bu foydali robotlar bir ko‘rishda juda zo‘r ko‘ringani bilan mukammal emas, axir ular oshpazlar va dasturchilarsiz hech bir ishni qila olmaydi.  Aynan, dasturchilar kompaniyaning katta qismini tashkil etadi. 

Kichik Zume Pizza kompaniyasi kuniga 200dan ortiq pitssalar tayyorlaydi, biroq bu hali boshlanishi. Axir u yerda juda kam robotlar ishlaydi. Kompaniya egalari tez orada AQShning barcha hududlarida ish boshlashni maqsad qilishgan. 

Top