15:15 / 07.02.2017
17432

Rustam Emomali Dushanbeda yangi aksiyani yo‘lga qo‘ydi

Tojikiston poytaxtida 150 kun obodonchilik davri deb e'lon qilindi. Bu haqida news.tj saytida xabar berildi

Aktsiya 1 fevraldan 27 iyun - Tojikiston milliy birlik kuniga qadar o‘tkaziladi. Aynan tinchlik kelishuvi imzolanganining 20 yilligi sharafiga poytaxt rahbari Rustam Emomali ushbu aksiya haqida e'lon qildi. 

Dushanbe hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, aksiya "Dushanbeni obodonlashtirish – poytaxt aholisi vazifasi" nomi ostida o‘tmoqda. 

Hokimlik tomonidan imzolangan qarorga ko‘ra, shahar ma'muriyati, poytaxt tashkilotlari va korxonalari o‘zlariga qarashli hududlar, ko‘chalar va yo‘laklarni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha choralar ko‘rishlari kerak bo‘ladi. 

Hokim poytaxt tumanlari rahbarlariga hududlarda mamlakat biologlari tavsiya qilgan daraxt va gul ko‘chatlarini ekishni tashkillashtirish vazifasini berdi. 

Top