Olimlar sakkizoyoq "o‘zga sayyoralik" ekanligini ta'kidlashmoqda
Chikago universiteti olimlari sakkizoyoqlar boshqa sayyora vakili degan fikrga kelishdi. Olimlar sakkizoyoqlarning DNKsini tahlil qilib, bu jonzotlar Yerda paydo bo‘la olmaganligi haqidagi xulosaga kelishgan.
Olimlarning aytishicha, sakkizoyoqlar genlari aql bovar qilmas murakkablikka ega, chunki 33 mingta oqsil-kodlovchi gendan tashkil topgan, bu esa inson organizmidagi shunday genlardan bir necha marotaba ko‘proqdir. Bundan tashqari, sayyoramizdagi birorta ham jonzot bunday ko‘rsatkichga ega emas.
Olimlar shu ma'lumotlarga tayanib, sakkizoyoqlar boshqa jonzotlardan farqli, hech qanaqasiga sayyoramizning "tub vakili" bo‘la olmasligi haqida xulosa chiqarishdi. Biroq olimlar sakkizoyoqlar sayyoramizga qayerdan va qanday qilib kelgani haqidagi savolga javob berishga qiynalmoqdalar.
Mavzuga oid
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
07:49 / 11.01.2022
Ayrim hududlarda odam DNKsi ekspertizasi yo‘lga qo‘yiladi
00:15 / 28.09.2021
Uch Misr mumiyosi yuz qiyofasi DNK yordamida tiklandi
00:07 / 18.12.2020