Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident farmoni asosida «O‘zavtoyo‘l» faoliyati tugatildi
Foto: gov.uz
14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilindi.
Farmon avtomobil yo‘llari va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, «O‘zavtoyo‘l» DAK (davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) tugatiladi. Ushbu avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.
«O‘zavtoyo‘l» DAK O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli qarori asosida tashkil qilingandi.
Ushbu kompaniya tashkiliy boshqaruv tuzilmasi asosan mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining barcha tarmoqlari ehtiyojlarini to‘la ravishda qoplashni ta'minlashga qaratilgandi. Shunga ko‘ra, avtomobil yo‘llari yagona tarmog‘idagi transport vositalarini uzluksiz va to‘liq ta'minlash vazifasi ham shu faoliyat doirasida bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi haqidagi qonun loyihasi 3 oy muddatda ishlab chiqiladi
08:38 / 25.12.2025
Ijtimoiy xavfli ahvoldagi bolalar belgilangan ta’lim muassasasiga imtihonsiz qabul qilinadi
08:53 / 24.12.2025
Pasport nazoratida bojxonaga xabardor qilish tartibi joriy etiladi
08:48 / 24.12.2025